Ashrafxonov Markaziy Osiyo davlatlari qanday masalalarni muhokama qilmoqchiligini aytdi

© Sputnik / Aleksandr NatruskinPosol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov
Posol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonovning aytishicha, mintaqa mamlakatlari muhim masalalarni muhokama qilishi rejalashtirilgan qator anjumanlar bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov mintaqa mamlakatlari muhim masalalarni muhokama qilishi rejalashtirilgan qator anjumanlar bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Xususan, diplomatik missiya rahbari Qirg‘izistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi qanday borayotganligini muhokama qilishlarini bildirdi.

"Yil oxiriga qadar juda ko‘p uchrashuvlar rejalashtirilgan. Masalan, avgustda Orolni qutqarish Xalqaro fondi ta’sischi-davlatlari rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi, kuzda esa Toshkentda transport sohasi vakillari, jumladan ShHTga a’zo davlatlar temiryo‘l kompaniyalari yig‘ilishadi. Oktabr oxirida birinchi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi va mintaqa mamlakatlari analitik markazlari forumini o‘tkazish rejalashtirilgan", — dedi elchi.

U barcha bo‘lajak uchrashuvlarda tomonlar umumiy masala va muammolarni ko‘rib chiqishlari va muhokama qilishlarini hamda mintaqa taraqqiyoti uchun aniq takliflar berishlarini bildirdi. Markaziy Osiyo beshligi mazkur tashabbuslarni xalqaro maydonda – MDH, ShHT va BMTda ilgari suradi.

Bundan tashqari, 2019-yil bahorda Toshkent Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuviga mezbonlik qiladi. Unda mintaqa davlatlarining barcha rahbarlari, jumladan Ostonadagi muzokaralarga tashrif buyura olmagan Turkmaniston prezidenti ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0