O‘zbekistonlik shaxmatchi Buyuk Britaniyadagi ochiq chempionatda g‘olib bo‘ldi

© Press slujba NOK UzbekistanaUzbekskiy shaxmatist Sirojiddin Zayniddinov
Uzbekskiy shaxmatist Sirojiddin Zayniddinov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirojiddin Zayniddinov 2004 va 2008-yilgi zaif eshituvchi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi, 2015-yilgi Osiyo chempioni hisoblanadi.

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida zaif eshituvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan shaxmat Olimpiadasi doirasida tashkil etilgan ochiq chempionatda o‘zbekistonlik shaxmatchi Sirojiddin Zayniddinov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

30 nafar shaxmatchi qatnashgan ochiq chempionat yakunlariga ko‘ra 8 ochko jamg‘argan Sirojiddin birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Sirojiddin Zayniddinov 2004 va 2008-yilgi zaif eshituvchi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi, 2015-yilgi Osiyo chempioni hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Sirojiddin avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ikki xonali uy bilan taqdirlangandi.

Yangiliklar lentasi
0