Toshkentda suv kanallarini tozalash ishlari davom etmoqda

© GUVD goroda Tashkenta / GUVD goroda TashkentaV Tashkente prodoljayetsya rabota po privedeniyu v poradok kanalov
V Tashkente prodoljayetsya rabota po privedeniyu v poradok kanalov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar organlari tashabbusi bilan olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari natijasida Bo‘rijar va Nayman kanallari tartibga keltirildi.

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Toshkentdan oqib o‘tadigan kanallar va ularga yondosh bo‘lgan hududlarni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.  

Zdanie MVD Uzbekistana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar vazirligi tizimida qator boshqarma boshliqlari o‘zgardi

“Hududlardan tonnalab chiqindi va axlatlar chiqarib tashlandi. Asosan inson omili sabab yig‘ilib qolgan maishiy chiqindilar: eski g‘ildiraklar, oziq-ovqatlar, idishlar va hokazo. Afsuski, ko‘pchilik odamlar chiqindilarni shundoqqina suv bo‘yiga uloqtirib ketaverishgan va oqibatda yillar davomida ular katta chiqindi uyumiga aylanib qolgan”, - deyilgan Toshkent shahar IIBB xabarida.

Ichki ishlar organlari tashabbusi bilan olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari natijasida bunday manzaralar bosqichma-bosqich kamayib bormoqda. Bunga Bo‘rijar va Nayman kanallari yaqqol misol bo‘la oladi.

IIV xabarida aytilishicha, Sergeli tumani Darobo‘yi mahallasidan oqib o‘tuvchi Nayman kanali bugun umuman yangi qiyofa aks etgan. Yaqin yaqingacha bu yerlarga oyoq bosib bo‘lmasdi. Yaqin bir oy davomida Sergeli IIO FMB, Toshkent shahar va Navoiy viloyati FVB tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida oqar suv atroflari tozalanib, chiqindilardan holi hududga aylantirildi.

Shuningdek, Bo‘rijar kanalida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda. Yakkasaroy tuman IIO FMB, shahar FVB va tuman hokimligi xodimlari maxsus texnikalar yordamida kanal bo‘yini o‘rab olgan chiqindilar, yovvoyi o‘tlardan tozaladilar. Bundan tashqari kanal lablariga turli manzarali ko‘chatlar o‘tkazilib, bu yerda odamlar sayr qiladigan ko‘rkam makon barpo qilish ko‘zda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0