Aleksandr Yelaginning aytishicha, 2016-yilda Angliya Premyer-ligasini sharhlash uchun ilk bor kelganidayoq O‘zbekiston uning uchun ikkinchi uyiga aylangan.
"Rossiyadagilar bu yerda ishlayotganimga hasad qilishdi. 32 million kishilik auditoriya, futbol bo‘yicha jahon chempionati finali – bu har qanday sharhlovchining orzusi. Mendan Moskvani sog‘inganimni so‘rashadi. Yo‘q, chunki bu yerda o‘zimni xuddi uyimdagidek his qilaman", — dedi sharhlovchi.
O‘z navbatida uning hamkasbi Denis Kazansev Rossiyadagi mundial translyatsiya qilingan UzReport kanalining texnik imkoniyatlari yuqori ekanligini e’tirof etdi.
"Postsovet makonida ilk bor aynan shu yerda texnik yechimlarni ko‘rapman – masalan ovoz yo‘lakchasini – rus yoki o‘zbek tilidagi efirni tanlash. Ha, signal sifati ham yuqori darajada – hammasi risoladagidek", — dedi Kazansev.
O‘zbekona mehmondo‘stlik va mahalliy oshxona haqida gapirar ekan, u shunday xilma-xil va to‘yimli taomlar iste’mol qilib ham xushbichim holatda qoladigan o‘zbekistonliklarga hasad qilishini aytdi.
"Bunga qanday erishasizlar? Bu yerga ikki haftaga kelasan va shu zahoti besh kiloga semirasan, endi ancha vaqt sportzaldan chiqmasligimga to‘g‘ri keladi", — dedi sharhlovchi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning "Match-TV" telekanali sharhlovchilari Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati uchrashuvlarini O‘zbekistondagi rus tilidagi auditoriya uchun yoritishda ishtirok etishdi.