Dunyoda

Juda xavfli koʻl: Tojikistonda Sarez suvini imkon qadar tezroq sotishni taklif qilishdi

© AFP 2023 / KADAM MASKAYEVSarezskoye ozero v gorax Pamira. Arxivnoye foto
Sarezskoye ozero v gorax Pamira. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Suvga ehtiyoj sezayotgan davlatlarga Sarez suvini sotish zarur – deb taʼkidladi qoʻmita rahbari.

TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Tojikiston hukumati huzuridagi atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi rahbari Talbak Salimov Sarez koʻlining suvini kamaytirishni taklif qildi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Tojikiston bosh vazirlari qanday masalalarni muhokama qilishdi

Amaldorning soʻzlariga koʻra, Markaziy Osiyoda ulkan suv toshqini xavfi mavjud.

Salimov suv resurslari kerak boʻlgan davlatlarga suvni sotish zarurligini taklif qildi.

Qoʻmita rahbari taʼkidlashicha, koʻlni suvsiz qoldirish Tojikistonga zarar yetkazmaydi. Uning soʻzlariga koʻra, respublika yetarli suv resurslariga ega.

Salimov imkon qadar "Sarez muammosini" tezroq hal qilish zarurligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Chunki koʻl yuqori darajadagi xavf zonasi boʻlib qolmoqda.

“Biz fojia qachon boʻlishini bilmaymiz – bugun, ertaga, bir yildan keyin”, - deb qoʻshimcha qildi amaldor.

Xavfli koʻl

Sarez koʻli Tojikistonning Togʻli-Badaxshon avtonom viloyati Murgʻab tumanida joylashgan. Uning uzunligi – 70 kilometrga yaqin, chuqurligi esa – 500 metrga yaqin. Suv umumiy hajmi 17 kvadrat kilometrni tashkil qiladi.

1911 yil mart oyida sodir boʻlgan 9 balli zilzila oqibatida Bartang daryosi yopilib, ushbu koʻl paydo boʻldi. Koʻlning quyi oqimida joylashgan aholi punktlariga xavf tugʻdiradi. Chunki suv chiqib ketsa ulkan suv massasi sel oqimi bilan deyarli Orol dengizigacha yetib borishi mumkin.

Xavf zonasida 6 million kishi istiqomat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0