Toshkentda umumiy xonadonlarning 15 foizigacha hokimlik tasarrufiga o‘tkaziladi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaVstrecha predprinimateley i inostrannix investorov s xokimom Tashkenta
Vstrecha predprinimateley i inostrannix investorov s xokimom Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har bir loyihani Toshkent shahar hokimi Jahongir Artiqxodjayevning shaxsan o‘zi ko‘zdan kechirib tegishli tavsiya va amaliy ko‘rsatmalar berdi.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi 14-iyul kuni tadbirkorlar va xorijiy investorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Dorojnie raboti na ulitse v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentning to‘rtta markaziy ko‘chasi mutlaqo yangicha ko‘rinishga ega bo‘ladi

Uchrashuvda poytaxtning 11 ta tumanidan 55ta yirik loyiha ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Yangicha yondashuvda o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda tadbirkorlar va xorijiy investorlar Toshkent shahrini yanada ko‘rkam qilish, poytaxtda sanoat ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z loyihalari bilan ishtirok etishmoqda.

Uchrashuvning dolzarbligi shundaki deyarli har bir loyihani Toshkent shahar hokimi Jahongir Artiqxodjayevning shaxsan o‘zi ko‘zdan kechirib tegishli tavsiya va amaliy ko‘rsatmalar berdi.

Mazkur tadbirning muhim bir natijasi sifatida poytaxtda turar joy binolarini qurishni rejalashtirgan tadbirkorlarga loyihalari tasdiqdan o‘tkazish, Toshkent shahar hokimiyati Davlat sherikchiligi asosida yer uchastkalari ajratadi.

“Bunda davlat sherikchiligining ahamiyati shundaki, turar joy binolarining qurilishi tugatilgach, davlatga ularni sotishdan tushgan daromaddan foiz to‘lanmaydi, balki umumiy xonadonlarning 10-15 foizi hokimlik tasarrufiga o‘tkaziladi va ushbu xonadonlar chin yetim, nogiron, kam ta’minlangan, boquvchisi yo‘q uy-joyga muhtoj aholi qatlamiga taqdim etiladi. Bu bilan ham shahrimiz obodonchiligiga hissa qo‘shiladi, ham ko‘ngli yarimlarning ehtiyojini qondirishning muhim xayrli ish amalga oshiriladi”, - deyilgan Toshkent shahar hokimligi xabarida.

Mazkur uchrashuv yakuni bo‘yicha shahar hokimligi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0