Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya poytaxtida joriy haftada savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘ladi.

TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin vaqt ichida rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi. Bu haqda Podrobno.uz hukumatdagi manbasiga tayanib  xabar berdi.

Vo vremya podpisaniya dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Fransiya ekstraditsiya to‘g‘risida shartnoma tuzishni muhokama qildi

“Tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shuningdek bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan”, — deya ma’lum qilgan manba.

Bundan tashqari, manbaning bildirishicha, Fransiya poytaxtida joriy haftada savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya O‘zbekistonning YeIdagi muhim savdo sheriklaridan biridir. Mamlakatlar makroiqtisodiy, moliyaviy, qishloq xo‘jaligi sohalari, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni boshqarish uchun kadrlar tayyorlash sohasida samarali hamkorlik qiladi. 2016-yilda o‘zaro savdo hajmi 264,8 million dollarni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0