TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Xelsinkida Rossiya va AQSh prezidentlari uchrashuvi boshlandi. Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashuvi Finlyandiya poytaxtidagi prezidentlik saroyida bo‘lib o‘tmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.
Bu Rossiya va AQSh prezidentlarining ilk to‘liq formatdagi uchrashuvidir.
Ikki mamlakat rahbarlari savdodan tortib yadroviy mavzulargacha bo‘lgan masalalarni muhokama qilishni rejalashtirgan.
AQSh prezidenti Xelsinkidagi uchrashuv ikki tomon o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishiga imkon berishiga umid qilmoqda.
Ikki prezident uchrashuviga yarim soat vaqt ajratilgan. Shundan so‘ng rejaga muvofiq muzokaralar kengaytirilgan tartibda o‘tkaziladi. Kelishuvlarga ko‘ra bu muzokaralarga 45 daqiqa vaqt ajratilgan.