TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Bekmurod Abdullayevning shahar IIBB YHXB boshlig‘i etib tayinlangani haqidagi xabarni rad etdi.
"14 iyul kuni bir qator saytlar Uznews.uz axborot saytiga tayangan holda, Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i tayinlagani haqidagi xabarni tarqatdi. O‘z o‘rnida Toshkent shahar IIBB bunday ma’lumotga ega emasligini ma’lum qilamiz”, - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Toshkent shahar YHXB boshlig‘i Mamenov shu yilning may oyida lavozimidan ozod qilingandi. Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajarish boshliqning birinchi o‘rinbosari Jamshid Jo‘rayev zimmasiga o‘tgandi.