Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan Rahmon va Mirziyoyev uchrashuvini muhokama qiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning mart oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tgandi.

TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. 16-iyul kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tovar almashish hajmi ikki baravarga oshdi

Ikki mamlakat vazirliklari va idoralari, yetakchi iqtisodiy tuzilmalari rahbarlari o‘rin olgan delegatsiyalarga boshchilik qilayotgan hukumat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini, avvalo oliy darajada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini muhokama qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tgandi. Muzokaralar davomida Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev turli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida 27 hujjat imzolagandi.

Yangiliklar lentasi
0