Toshkentda xlor sizib chiqishi oqibatida bir kishi vafot etdi, 18 kishi jabrlandi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSkoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto
Skoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bektemir tumanidagi sanoat hududida joylashgan korxonalardan birida xlor bilan ishlash jarayonida xlor moddasi konteynerida yorilish sodir bo‘lgan.

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. Toshkentda xlor moddasi konteynerida yorilish sodir bo‘lishi natijasida bir kishi vafot etdi, 18 kishi zaharlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.

Vazirlikning bildirishicha, 14-iyul kuni soat 02:30 larda Bektemir tumanidagi sanoat hududida joylashgan korxonalardan birida xlor bilan ishlash jarayonida xlor moddasi konteynerida yorilish sodir bo‘lgan.

"Natijada, 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 18 nafar ishchilar xlor moddasidan zaharlanish tashhisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialiga joylashtirildi", - deyiladi vazirlik xabarnomasida.

Xabarda aytilishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialiga yotqizilgan 13 nafar yollanma ishchilar sog‘ligi to‘liq tiklanganligi sababli 14-iyul kuni soat 10:30da uylariga ruxsat berilgan.

Yangiliklar lentasi
0