O‘zbekistonga Jahon banki delegatsiyasi keldi

© WikipediaShtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone
Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif dasturidan O‘zbekiston hukumati, Oliy Majlis Senatida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. 12iyul kuni Toshkent shahriga Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller boshchiligidagi delegatsiya keldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, tashrif dasturidan O‘zbekiston hukumati, Oliy Majlis Senatida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Shuningdek, delegatsiya O‘zbekiston-Shveysariya biznes forumida ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki ekspertlar guruhi O‘zbekiston Moliya vazirligida soliq siyosati bo‘yicha prezentatsiya o‘tkazishgandi.

Yangiliklar lentasi
0