Toshkent viloyatida 12 mingdan ortiq yangi ish o‘rin yaratiladi

© SputnikYarmarka vakansiy v Tashkente
Yarmarka vakansiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018-2019 yillarda Toshkent viloyatida iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha jami 341 ta loyiha amalga oshiriladi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. 2018-2019 yillarda Toshkent viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Qarorga muvofiq 2018-2019 yillarda Toshkent viloyatida iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha jami qiymati 7 069 286 mln so‘mlik 341 ta loyiha amalga oshiriladi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 12 278 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Xususan, Oqqo‘rg‘on tumanida ip-kalava va gazlama maxsulotlarini ishlab chikarish sexlarini tashkil etish tashkil etish orqali (loyiha qiymati 347 200 mln so‘m) jami 950 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0