O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarni xorijga chiqishi yengillashtirildi

© Sputnik / Vadim ShekunPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda ariza-anketalarning ular tahsil olayotgan ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanishi kifoya qiladi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Toshkent IIBB tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida umumta’lim maktablari va boshqa ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan voyaga yetmagan shaxslarning chet elga chiqishiga ruxsat berish tartibi yengilashtirilganligi ma’lum qilindi.

"Agar bungacha voyaga yetmaganlarning chet elga chiqishi uchun to‘ldiriladigan ariza-anketalarga ular tahsil olayotgan o‘quv idoralari tomonidan muhr bosilishidan oldin, Xalq ta’limi shahar-tuman boshqarmalaridan ruxsatnoma olish shart bo‘lsa, endilikda ushbu ariza-anketalarning ular tahsil olayotgan ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanishi kifoya qiladi. Bu esa ota-onalarni ortiqcha ovoragarchilikdan xalos etishga, vaqtini tejashiga ko‘mak beradi degan umiddamiz", — deyilgan Toshkent IIBB xabarida.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasiga 1 oygacha bo‘lgan muddatga vaqtincha yashash uchun kelgan xorijiy va MDHga a’zo davlatlar fuqarolari vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Shu bilan birga, ushbu fuqarolar O‘zbekiston hududida kirib kelgan kunidan boshlab 3 sutka ichida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishi lozimligini eslatib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0