Mo‘ynoq hokimiyati ichimlik suvi tanqisligi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishKuxonniy kran.
Kuxonniy kran. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq O‘zbekistondagi ayrim OAV Mo‘ynoqda atigi bir yil avval yangi suv quvuri ishga tushirilgan bo‘lsa ham ichimlik suvi yo‘qligi haqida yozgandi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Mo‘ynoqda shaharning ayrim tumanlarida ichimlik suvi yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Mahalliy hokimiyatning ma’lumotiga ko‘ra, 3%ga yaqin xonadon suv bilan ta’minlanishda muammoga duch kelgan, deb xabar berdi Nuz.uz.

Avvalroq O‘zbekistondagi ayrim OAV Mo‘ynoqda atigi bir yil avval yangi suv quvuri ishga tushirilgan bo‘lsa ham ichimlik suvi yo‘qligi haqida yozgandi.

"Butun Mo‘ynoq suvsiz qolgani yo‘q. Bu butunlay yolg‘on xabar. Bizning hisobimizga ko‘ra, ayni paytda shahardagi xonadonlarning 3%idagina suv bilan ta’minlanishda muammo mavjud. Texnik jihatdan bu meyoriy holat hisoblanadi. Lekin biz uchun har bir uy, har bir oila muhim, shu bois shahar ma’muriyati suv ta’minoti tizimidagi kamchilikni bartaraf etish uchun tezkor choaralarni ko‘rmoqda", — dedi tuman hokimi Saylovboy Doniyorov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muammo relyefning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq: shaharning ayrim tumanlarida quvurlardagi bosimning pastligi tufayli suv iste’molchilargacha yetib bormayapti. Tegishli manzillarga ta’mirlash guruhlari yo‘l olgan. Hokimiyat yaqin vaqt ichida suv ta’minotini to‘liq tiklashga va’da berdi.

 

Yangiliklar lentasi
0