TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Toshkent shahrining Mirobod tumani Oybek ko‘chasida joylashgan 9-qavatli uyning 1-qavatida go‘zallik salonida yong‘in yuz berdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.
Xabarda aytilishcha, bugun soat 14.50da Mirobod tumani Oybek ko‘chasida joylashgan 9-qavatli uyning 1-qavatidagi go‘zallik salonida yong‘in yuz bergani haqida xabar kelib tushdi.
Voqea joyiga ikkita o‘t o‘chirish mashinasi qisqa fursatda yetib bordi.
Ma’lum bo‘lishicha, "Bell clio" salonini soyabonida yong‘in kelib chiqqan bo‘lgan. Tezkor harakatlar natijasida soat 15.08 alanga jilovlanib, soat 15.09da butunlay bartaraf etildi.
Alanga oqibatida uyning 2-7 qavatlaridagi deraza romlari zarar ko‘rgan. O‘t o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘inning avj olib ketish xavfi oldi olindi. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.