TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. 2018-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijlik turistlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki baravarga o‘sdi, deb xabar berdi Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati.
Joriy yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonga 2 688 962 xorijlik turist kelgan.
Qo‘mitaning bildirishicha, O‘zbekiston vizasiz rejim tartibini joriy etgan davlatlardan turistlar kelishi oshgan. Masalan, Turkiyadan 31 966 nafar turist kelgan bo‘lib, bu 2017-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 95,6%ga ko‘p. Shuningdek, Yaponiya (68,1%), Isroil (86,2%), Indoneziya (uch baravardan ko‘proq), Singapur (2,5 baravardan ko‘proq)ga o‘sgan .
Iyun oyida shuningdek, Janubiy Koreya (57,5%), Malayziya (2,6 baravar) davlatlaridan ham turistlar oqimi o‘sganligi qayd etilgan.