O‘zbekistonda qo‘lda terilgan bir kilo paxta uchun 700-800 so‘m to‘lash taklif qilinmoqda

Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasida paxta yig‘im-terimida terimchilarga 1 kilo paxta uchun 700-800 so‘m haq to‘lash qayd etilgan.

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining "2018 yil hosili paxta xom ashyosini yig‘ib-terib olish bosqichlarida mehnatga haq to‘lash tarif stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaror loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta xom ashyosi uchun to‘lanadigan mehnat haqini birinchi bosqichda — 700 so‘m, ikkinchi bosqichda — 800 so‘m qilib belgilash taklif qilingan.

Mashinada terilgan paxta xom ashyosining 1 tonnasi uchun 350 000 so‘mdan xizmat haqi to‘lash taklif qilinmoqda.

Paxta yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun joylarda kamida 100 nafar terimchidan iborat bo‘lgan terimchilar otradlari tashkil etiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Moliya vazirligi "O‘zpaxtasanoat" aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2018-yil hosili paxta tolasi uchun ulgurji narxlar preyskurantini ishlab chiqiladi.

Paxta xom ashyosi uchun paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan joriy yil 31-dekabriga qadar to‘liq hisob-kitob qilinadi. 

Yangiliklar lentasi
0