O‘zbekistonda ko‘plab xorijiy aviakompaniyalar xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSamoleti v aeroportu
Samoleti v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Nukus aeroportida yangi yo‘lovchi terminali ochilishi marosimi o‘tkazildi.

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda ko‘plab, shu jumladan xorijiy aviakompaniyalar xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Bugun Nukus aeroportida yangi yo‘lovchi terminali ochilishi marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov so‘zga chiqdi.

"O‘zbekistonda yaqin vaqtlarda "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasidan tashqari ko‘plab boshqa, shu jumladan xorijiy aviakompaniyalar xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yiladi. Nukus shahrining turizm salohiyati yuqori darajada, xususan Saviskiy nomidagi san’at muzeyiga xorijiy sayyohlarda qiziqish juda katta. Sayyohlar qatnovini oshirish uchun kuniga 50 ta aviaqatnov amalga oshirish kerak. Xorijiy aviakompaniyalar yanada ko‘proq sayyohlarni olib kelishga yordam beradi. Ularni taklif qilish bo‘yicha aviakompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz", — deb ta’kidladi Achilboy Ramatov.

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston havo yo‘llari" kompaniyasi Nukus shahri aeroportining yo‘lovchi terminalini foydalanishga topshirdi.

Rekonstruksiya qilingan terminalda parvozdan oldingi nazorat va yuk topshirish hududlari kengaytirildi, aeroportda ro‘yxatdan o‘tkazish ustunlari soni oshirildi, yo‘lovchi o‘tkazish quvvati soatiga 400 kishiga yetkazildi.

Yangiliklar lentasi
0