Sayohat uchun eng yaxshi: O‘zbekiston ilk bor Lonely Planet ro‘yxatiga kiritildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTuristi osmatrivayut mavzoley Gur Emira v Samarkande
Turisti osmatrivayut mavzoley Gur Emira v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertlarning fikricha, O‘zbekistonda joriy etilgan yangiliklar ko‘plab mamlakatlardan turistlarni jalb etishi mumkin.

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi ilk bor Lonely Planet ning "Osiyoning sayohat uchun eng yaxshi joylari" reytingiga kiritildi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston bu reytingda birdaniga ikkinchi o‘rinda qayd etildi va faqatgina Janubiy Koreyadan keyingi o‘rinda joylashdi.

"2017 yil oxirida O‘zbekiston ko‘plab davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejim, elektron viza, yangi yo‘nalishlar joriy etib turizmda ulkan qadam tashladi. Turistlar ko‘plab o‘ziga xos me’moriy yodgorliklar va qadimiy shaharlarga tashrif buyurishlari mumkin", - deyiladi xabarda.

Ekspertlarning fikricha, joriy etilgan yangiliklar ko‘plab mamlakatlardan turistlarni jalb etishi mumkin.

Ro‘yxatga shuningdek, Yaponiya, Vyetnam, Tailand, Nepal, Xitoy, Shri-Lanka va Indoneziya kiritildi.

 

Yangiliklar lentasi
0