TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampni Brusselga uchib kelganda Belgiya tomonidan TIV protokol xizmati rahbari Fransuaza Gusten kutib oldi. Chunki Belgiya bosh vaziri, qirol va TIV rahbari shu vaqtda poytaxtda bo‘lmagan.
La Libre nashri aniqlik kiritishicha, Trampni AQShning Belgiyadagi elchisi Ronald Gidvits, NATOdagi AQSh vakili Key Beyli Xatchinson va Yevropa ittifoqidagi vakil Gordon Sondland kutib olishdi.
Le Soir nashri xabariga ko‘ra, prezident samolyoti xalqaro aeroportda emas, balki uning yaqinida joylashgan harbiy aerodromda qo‘ndi.
Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel seshanba kuni futbol terma jamoa xujumchisi Eden Azar istiqomat qilayotgan Bren-le-Kont shahriga ketgan. Qirol Filipp va TIV rahbari Didye Reyndes Sankt-Peterburgda bo‘lishgan.
Bundan avval Belgiya bosh vaziri, Trampdan mudofaa harajatlarini oshirish to‘g‘risida olgan xatidan "juda ham xursand" ekanligini jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Belgiya mudofaa vazirligi havo harbiy kuchlarini yangi avlod qiruvchi-bombardimon samolyotlari bilan ta’minlash bo‘yicha tender o‘tkazishmoqda.
Bu yerda gap 1980-yillar boshidan Belgiya havo kuchlarida F-16 qiruvchi samolyotlar parkini almashtirish haqida ketmoqda. AQSh Lockheed Martin konserni F-35 qiruvchi samolyotlarni taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Brusselda ikki kunlik NATO sammiti boshlanmoqda. Unda mudofaa harajatlari, Atlantika va Yevropa mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan.