Ochilboy Ramatov "Nukus" xalqaro aeroportining yangi terminalini ochdi

Achilbay Ramatov
Achilbay Ramatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida soatiga 400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega yangi yo‘lovchi terminali ishga tushirildi

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov Nukusdagi yangi xalqaro aeroport terminalining ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV mejdunarodnom aeroportu "Nukus" vveden v ekspluatatsiyu noviy passajirskiy terminal
V mejdunarodnom aeroportu Nukus vveden v ekspluatatsiyu noviy passajirskiy terminal - Sputnik O‘zbekiston
V mejdunarodnom aeroportu "Nukus" vveden v ekspluatatsiyu noviy passajirskiy terminal

Ramatov o‘z nutqi avvalida barchani hukumat nomidan ushbu terminal ochilishi bilan tabrikladi va keyingi vaqtlarda O‘zbekiston prezidenti tomonidan havo yo‘llari, umuman fuqaro aviatsiyasiga e’tibor kundan-kunga oshib borayotganini ta’kidladi.

"Toshkentda yaqinda eng zamonaviy terminallardan bittasi ochildi. Bundan tashqari ko‘p joylarda aeroportlar qurish masalasi ham muhokama etilayapti. Hozirgi kunda Toshkent shahrida Sharqiy yangi aeroporti bunyod etilayapti. Ikki yil ichida bu masala hal bo‘ladi va O‘zbekistonda yana bir nechta aviakompaniyalar ochiladi", — deb aytdi siyosatchi.

Faqatgina "O‘zbekiston havo yo‘llari" emas, bir nechta aviakompaniyalar ochilishi kutilyapti, o‘sha kompaniyalar samolyotlari Nukus qal’asiga mana shu yangi qurilgan terminal orqali xizmat ko‘rsatadi, dedi Ramatov.

Iyul oyining birinchi sanasida ochilishi rejalashtirilgan terminalning tantanali ochilish marosimi bugun, 11-iyul kuni bo‘lib o‘tdi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkritie novogo passajirskogo terminala v mejdunarodnom aeroportu "Nukus"
Otkritie novogo passajirskogo terminala v mejdunarodnom aeroportu Nukus - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie novogo passajirskogo terminala v mejdunarodnom aeroportu "Nukus"

Yangi yo‘lovchi terminali soatiga 400 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega.

© SputnikV mejdunarodnom aeroportu "Nukus" vveden v ekspluatatsiyu noviy passajirskiy terminal
V mejdunarodnom aeroportu Nukus vveden v ekspluatatsiyu noviy passajirskiy terminal  - Sputnik O‘zbekiston
V mejdunarodnom aeroportu "Nukus" vveden v ekspluatatsiyu noviy passajirskiy terminal

Terminal yo‘lovchilar va ularning yuklariga xalqaro standartlarga muvofiq xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan.

Shuningdek, parvozoldi nazorati va yuk olish maydonlari kengaytirilgan hamda ro‘yxatdan o‘tish ustunlari soni ko‘paytirilgan. Terminalda "vip-zona"dan tashqari (bu masala hal etilishi rejalashtirilgan) mahalliy va xalqaro aviayo‘nalishlar uchun yo‘lovchilar zali, ona-bola xonalari, tibbiyot punkti, valyuta ayriboshlash shohobchalari, suvenir do‘konlari, kafe-bar va boshqa qulayliklar yo‘lovchilar xizmatida.

Yangi terminalning dizaynini ishlab chiqishda hududning iqlim sharoiti ham hisobga olingan. Unda texnologiya, xavfizlik va qulaylik o‘rtasida muvozanatga erishilgan, deb ta’kidlashmoqda aeroport xodimlari.

Yangiliklar lentasi
0