TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron futbol bo‘yicha chempionatning final o‘yini tomosha qilish uchun Moskvaga keladi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Final o‘yini 15-iyul soat 18-00 da boshlanadi. Fransiyaliklarga qarshi Angliya — Xorvatiya bahsida g‘alaba qozongan jamoa maydonga chiqadi.
Kuni kecha Fransiya terma jamoasi Sankt-Peterburgda Belgiya jamoasini 1-0 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Fransiya jamoasi tarixda uchinchi marta jahon chempionatining final bosqichiga chiqdi.
Ular 1998-yilda jahon chempioni bo‘lishgan, 2006-yilda esa Italiya jamoasiga mag‘lub bo‘lishdi.
Fransiya jamoasi 14 ta jahon chempionatlarida ishtirok etgan, u FIFA reytingida 9-chi o‘rinda.
Rossiyada ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionati 14-iyun — 15-iyul kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Uyinlar 11 ta shaharning 12 ta stadionida bo‘lmoqda.