O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda dronlar O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari hamkorlik memorandumini imzolashdi.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Yer resurslari davlat qo‘mitasi huzuridagi "Geoinnovatsion markaz" DUK va Xitoyning "BShark Holdings Ltd" kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda pilotsiz texnologiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Ushbu hujjat "Geoinnovatsion markaz" DUKning xodimlari Shenchjen shahriga amalga oshirilgan tashrifi chog‘ida imzolandi.

Kompaniyalar O‘zbekistonda dron ishlab chiqarish sanoatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirishmoqda.

Tomonlar hamkorlikda pilotsiz texnologiyalarni rivojlantirish sohasida axborot va mutaxassislar almashish hamda o‘quv dasturlar ishlab chiqilib, seminarlar o‘tkaziladi.

"BShark Holdings Ltd" kompaniyasi ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan uskunalar va texnologiyalarni yetkazib berish, ishchilarni o‘qitib berish hamda savdo va marketing bo‘limini ochish bo‘yicha rejalari haqida ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0