Axmedov: migrantlar huquqiy maydonda qolishlari uchun qayta ro‘yxatdan o‘tishlari zarur

© SputnikPredstavitel Ministerstva truda, migratsii i zanyatosti naseleniya Tadjikistana v Rossii Ibroxim Axmedov , arxivnoe foto
Predstavitel Ministerstva truda, migratsii i zanyatosti naseleniya Tadjikistana v Rossii Ibroxim Axmedov , arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston mehnat, migratsiya va bandlik vazirligining Rossiyadagi vakolatxonasi matbuot kotibi Ibroxim Axmedov ish joyida mehnat migratlarini ro‘yxatga olish taqiq qo‘yilganligi xususida o‘z fikrlarini ma’lum qildi.

Rossiyada 8-iyulda xorijiy fuqarolarini, shu jumladan mehnat muhojirlarini hisobga olish yangi qoidalari kuchga kirdi.

Qonun xorijiy fuqarolarni ish joyi bo‘yicha migratsiya hisobga olishni taqiqlaydi. Endi ular yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari shart: kvartira, xususiy uy, mehmonxona, sanatoriy, shifoxona, hattoki qamoqxonada. Ofis manzili bo‘yicha muhojirlarni migratsiya hisobiga qo‘yish mumkin emas.

"Qonun yaqinda kuchga kirdi. Hozircha hech kim bizga murojaat qilmadi, biroq tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Katta o‘zgarishlar hali yo‘q. Yangi qonun natijalari haqida gapirish hali erta. Ehtimol, murojaatlar bo‘ladi. Biz mehnat muhojirlari huquqiy maydondan chetga chiqib qolmasligi uchun barcha qonuniy chiqish yo‘llarini izlashga harakat qilyapmiz", — deb ta’kidladi Axmedov Sputnik Tojikistonga.

Axmedov: mi zainteresovani v tom, chtobi migranti bili oformleni po zakonu

Mutaxassis ta’kidlashicha, yangi qonunga muvofiq mehnat migrantlarini ro‘yxatga olish aniq muddati yo‘q.

Bu qonun avval muhokama qilingan, u kutilmagan voqea bo‘lmadi, lekin hech kim qonun aynan 8-iyul kuni kuchga kirishini bilmagandi.

Yangiliklar lentasi
0