Samarqand viloyatida radarlar vositasida jarima yozish boshlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKompleks avtofiksatsii narusheniy PDD
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi radarlar belgilangan tezlikdan yuqori harakatlangan avtoulovlar tezligini qayd etadi

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Samarqand viloyati hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi fotoradarlar to‘liq ishga tushirildi, deb xabar qildi viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi radarlar belgilangan tezlikdan yuqori harakatlangan avtoulovlar tezligini qayd etadi.

© Xokimiyat Samarkandskoy oblastiFotoradar
Fotoradar - Sputnik O‘zbekiston
Fotoradar

Shu vaqtning o‘zida yo‘l harakati qoidalari buzilganligi bo‘yicha jarima solish to‘g‘risida ma’muriy huququbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz transport vositalarining egalariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar chiqariladi va foto-tasvir ilova qilingan holda yashash manzillariga yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0