Pompeo: AQSh harbiylari Afg‘onistonni yaqin o‘rtada tark etmaydi

© US Army / Staff Sgt. Shane HamannUS Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border
US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tolibon" harakati rasmiy hukumat bilan muzokaralar o‘tkazishni istisno etmayapti, ammo bu uchun mamlakatdan chet el qo‘shinlari olib chiqib ketilishi kerak

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. AQShning Janubiy Osiyodagi strategiyasining hayotga tatbiq etilishi muvaffaqiyatli kechmoqda va Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketish niyatida emas, deb ta’kidladi o‘zining Qobuldagi chiqishi davomida amerika Davlat kotibi Mayk Pompeo. RIA Novosti xabariga asosan.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo hamjamiyati "Tolibon"ga bosimni kuchaytirish kerak, deb hisoblaydi AQSh
"Bizning strategiyamiz "Tolibon"ga aniq signal yubordi: bizning ketishimizni kutishning keragi yo‘q. Va biz hozirdanoq jang maydonlarida natijalarni ko‘rmoqdamiz: bu yerda "Tolibon"ning harbiy harakatlari sustlashib, sekin-asta tinchlikka yo‘naltirilgan harakatga aylanib bormoqda", — degan Pompeo. Uning nutqi matni Davlat departamenti tomonidan e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" radikal harakati o‘rtasida qarama-qarshilik avj olgan. Toliblar bunga qadar mamlakatning qishloq hududlarida kattagina hududni egallab, endilikda katta shaharlarga hujumga o‘tmoqda.

Shuningdek, Afg‘oniston hududida "Islom davlati" terrorchilik uyushmasining ta’siri sezilarli kuchaygan. Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari ayni vaqtda butun mamlakat bo‘ylab terrorizmga qarshi hamkorlikdagi operatsiyalarni o‘tkazib kelmoqda.

"Tolibon" harakati rasmiy hukumat bilan muzokaralar o‘tkazishni istisno etmayapti, ammo bu uchun mamlakatdan chet el qo‘shinlari olib chiqib ketilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0