TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va to‘rtta viloyat soliq xizmati boshqarmasiga yangi rahbarlari tayinlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Xabarda aytilishicha, quyidagi boshqarma boshliqlari tayinlandi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i — Bobojonov Davronbek Jumamuratovich;
Davlat soliq qo‘mitasining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i — Goyibov Goyibov Jurabek Raxmonberdiyevich;
Davlat soliq qo‘mitasining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i — Igambergenov Kudratbek Kadambayevich;
Davlat soliq qo‘mitasining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i — Ashurov Sherzod Raximovich;
Davlat soliq qo‘mitasining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i — Axmedov Shodiyor Eshmuratovich.
Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Behzod Musayev qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.