Indoneziya O‘zbekiston orqali kauchuk eksport qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

© Sputnik / Stanislav Savin / Mediabankka o‘tishTransportno-logisticheskiy kompleks
Transportno-logisticheskiy kompleks  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tadbirkorlari va Indoneziyaning kauchuk ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik korxonalari o‘rtasidagi muzokaralarda indoneziyalik ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonga mahsulot eksport qilishga qiziqish bildirishgan

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Indoneziya tabiiy kauchugini MDH mamlakatlariga reeksport qilish bo‘yicha “xab”ga aylanishi mumkin, deb yozmoqda plastinfo.ru.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tadbirkorlari va Indoneziyaning kauchuk ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik korxonalari o‘rtasidagi muzokaralarda indoneziyalik ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonga mahsulot eksport qilishga qiziqish bildirishgan.

O‘zbekiston joriy yilda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, xususan Indoneziya, Singapur va Malayziya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirmoqda. Respublikaning diplomatik muassasalari biznes forumlar va investitsiya jalb etish uchun sharoitlar yaratmoqda.

Yangiliklar lentasi
0