ArMI-2018: harbiylar O‘zbekiston sha’nini qaysi yo‘nalishlarda himoya qiladi?

Obuna bo‘lish
O‘tgan yilgi Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston himoyachilari tanlovning 29 ta yo‘nalishidan atiga 8 tasida qatnashib, 5 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar joriy yilda jami 27 yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan "Xalqaro armiya o‘yinlari-2018"ning 13 ta yo‘nalishida mamlakat sha’nini himoya qiladi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Voyennoslujashie Minoboroni Uzbekistana ustanovili rekord  na mejdunarodnix sorevnovaniyax - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston harbiylari xalqaro musobaqada rekord o‘rnatishdi
"Mamlakatimiz harbiy xizmatchilari Qo‘shin razvedkasi a’lochilari" (Rossiya, Sankt-Peterburg shahri), "Elbrus halqasi" (Rossiya Kabardino-Balkariya), "Sodiq do‘st" (Rossiya, Moskva), "Yo‘l patruli" (Rossiya, Moskva viloyati), "Merganlik marrasi" (Belarus Respublikasi), "Xavfsiz marshrut" (Xitoy, Korla shahri), "Artilleriya ustasi" (Qozog‘iston), "Qurolsoz usta" (Rossiya, Penza shahri), "Musaffo osmon" (Xitoy, Korla shahri), "Harbiy ralli" (Rossiya, Tuva viloyati), "Harbiy-tibbiy estafeta" (Rossiya, Sankt-Peterburg shahri), "Dala oshxonasi" (Rossiya, Moskva viloyati), "Hamdo‘stlik jangchisi" (Armaniston) kabi yo‘nalishlarda qatnashadi", — dedi Mudofaa vazirligi vakili.

O‘tgan yilning 29-iyulidan 12-avgustga qadar o‘tkazilgan "ArMI-2017" Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Xitoyning 22 ta poligonida bo‘lib o‘tgan III Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari ilk marotaba ishtirok etgan.

Unda Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidan kelgan 28 mamlakatning 150 dan ziyod jamoasi qatnashgan, O‘zbekiston himoyachilari esa mazkur xalqaro armiya o‘yinlarida 29 ta tanlovning atiga 8 tasida qatnashib, 5 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Yangiliklar lentasi
0