Bulung‘urlik yosh ixtirochi 753 ming so‘mlik ekish mashinasini yaratdi

© UzLiDepBulung‘urlik ixtirochi ekin ekadigan mashina yaratdi
Bulung‘urlik ixtirochi ekin ekadigan mashina yaratdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi moslama orqali bir kunda 50 sotixgacha bo‘lgan yerga urug‘ ekish mumkin

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Bulung‘urlik yosh ixtirochi narxi 753 ming so‘m turadigan ekish mashinasini yaratdi, deb xabar qilindi "O‘zLiDep" rasmiy sahifasida.

Ma’lum bo‘lishicha, ilgariroq "Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!" shiori ostida "Yosh innovatsiyachi" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekistonning har bir hududidan iste’dodli yoshlar o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan qatnashganlar.

"Ana shunday ishtirokchilardan biri Bulung‘ur maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Nurmuhammad Fayzullayevdir. U dukkakli ekinliklar ekishga mo‘ljallangan, yoqilg‘i ishlatilmaydigan yangi uskuna yaratdi", — deyiladi xabarda.

Nurmuhammad o‘zining ixtirosi haqida quyidagilarni gapirib bergan:

"Ushbu uskuna makkajo‘xori va loviya urug‘larini ekishga mo‘ljallangan. Endi bu moslamani soya ekishga ham moslashtirmoqchimiz. Bu uskunadan ilk bor aprel oyida foydalanganmiz va uning hosilini yig‘ib bozorga olib chiqib sotapmiz. Yana bir afzallik jihati shundaki, agar qo‘l mehnatidan foydalangan holda urug‘larni ekadigan bo‘lsak, bir kunda 8-10 sotixga ekin ekish mumkin, ushbu moslama orqali esa bir kunda 45-50 sotix yerga urug‘ ekish mumkin", — deydi u.

Ixtirochining so‘zlariga ko‘ra, bu moslamani yaratish uchun bor yo‘g‘i 753 ming so‘m harajat qilingan.

Yangiliklar lentasi
0