TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh odamlar tomonidan yashil avtobusga tuxum va mevalar uloqtirilayotgani tasvirga tushirilgan video tarqaldi.
"Uyga xush kelibsiz, Braziliya jamoasi" degan yozuv bilan tarqatilgan ushbu video 1 milliondan ziyod "prosmotr" to‘pladi va minglab internet foydalanuvchilari uni o‘z sahifalarida repost qildilar.
Bu haqda hatto xorijiy OAVlarda ham yozildi.
Aslida esa, ushbu videoda aks ettirilgan kadrlar bir necha oy oldin, aniqrog‘i, 26-martda suratga olingan bo‘lib, avtobus ichidagi futbolchilar emas, balki Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasio Lula da Silva partiyasining a’zolari bo‘lgan.
Mahalliy nashrlarda bu haqda yoritilgan.
Ha, aytgancha, shov-shuvga aylangan ushbu video Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ham mart oyida paydo bo‘lgan. Ammo tarmoq foydalanuvchilari o‘shanda bu videoga bu qadar qiziqishmagan: feyk xabardan farqli o‘laroq original video atigi 26 mingta "prosmotr" to‘plagan va 740 foydalanuvchi u bilan bo‘lishgan.