Mudhish avariyada Oliy Majlis deputati hayotdan ko‘z yumdi

© Narodnoe slovoDeputat Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Sobit Tursunov
Deputat Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Sobit Tursunov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fojia u suv tanqisligi bo‘yicha muammolarni o‘rganish maqsadida Samarqand viloyatiga xizmat safari bilan ketayotgan paytda yuz bergan

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tursunov Sobit Axmadovich Sirdaryo viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri. 

Fojia u suv tanqisligi bo‘yicha muammolarni o‘rganish maqsadida Samarqand viloyatiga xizmat safari bilan ketayotgan paytda yuz bergan.

Tursunov Sobit Axmadovich 1973-yil 10-iyul kuni Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tavallud topgan.

1994 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini, 2012-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Yangiliklar lentasi
0