TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Angliya terma jamoasining 240 nafar muxlisini Shvetsiyaga qarshi Samara shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati chorak final o‘yiniga olib boradi.
Londondan Samaraga va ortga parvoz Boeing 767 samolyotida amalga oshiriladi, deb xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.
MAK 6-iyul kuni Fransiya va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga ishqibozlarni olib borish uchun Sochi-Qozon yo‘nalishi bo‘yicha charter reysini amalga oshirgandi.
Bundan tashqari, 2-iyul kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" Meksika terma jamoasi ma’muriyati buyurtmasi bilan Vnukovo — Mexiko yo‘nalishi bo‘yicha charter reysini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Moskvadan Mexikoga 230 nafar ishqiboz Boeing 787 Dreamliner samolyotida yetkazib qo‘yildi.