Mirziyoyev Qozog‘iston xalqini Ostona shahrining 20-yilligi bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na prazdnovanii 20-letiya Astani
Shavkat Mirziyoyev na prazdnovanii 20-letiya Astani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ostona shahri yangi, mustaqil va izchil rivojlanayotgan Qozog‘istonning yorqin timsolidir. Uning qiyofasida qozoq xalqining boy madaniyati va an’analari, zamonaviy arxitektura yutuqlari mujassam”,- dedi Shavkat Mirziyoyev. 

TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrining 20-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi hamda Qozog‘iston xalqi va prezident Nursulton Nazarboyevni ushbu tarixiy sana bilan samimiy tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

“Ostona shahri yangi, mustaqil va izchil rivojlanayotgan Qozog‘istonning yorqin timsolidir. Uning qiyofasida qozoq xalqining boy madaniyati va an’analari, zamonaviy arxitektura yutuqlari mujassam. Bu shahar yirik iqtisodiy va moliyaviy markaz, xalqaro forum va uchrashuvlar uchun qulay maydon hamdir”,- dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Ostona shahrining 20-yillik tadbirlarida Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham qatnashdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrazdnovanie 20-letiya Astani
Mirziyoyev Qozog‘iston xalqini Ostona shahrining 20-yilligi bilan tabrikladi - Sputnik O‘zbekiston
Prazdnovanie 20-letiya Astani

Tantanali marosimda o‘zbekistonlik san’at ustalari tomonidan ham kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.

Eslatib o‘tamiz, 1994-yil 6-iyulda Qozog‘iston Oliy Kengashi mamlakat poytaxtini Olmaotadan Oqmolaga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. 1997-yil 10-dekabrda Nursulton Nazarboyevning farmoniga muvofiq Oqmola shahri Qozog‘iston Respublikasining poytaxti deb rasman e’lon qilingan. 1998-yil 6-may kuni Oqmola shahrining nomi Ostona deb o‘zgartirilgan.  2008-yili qabul qilingan qonunga muvofiq “6 iyul – Poytaxt kuni” davlat bayrami etib belgilangan. 

Yangiliklar lentasi
0