O‘zbekistonda soya yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi

© Sputnik / Igor OnuchinKombayn vigrujayet bobi vo vremya uborki soi
Kombayn vigrujayet bobi vo vremya uborki soi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uyushma soya yetishtirishni tashkil etish bo‘yicha dasturlarni amalga oshiradi

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi qarori bilan Soya yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram kanali.

Uyushmaning asosiy vazifasi etib, shu jumladan soya yetishtirishni tashkil etishni kompleks rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, yagona ilmiy-texnik, texnologik va investitsion siyosatning amalga oshirilishiga ko‘maklashish belgilandi.

Fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar shartnoma asosida uyushmaga mustaqil a’zo bo‘lishi mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga ega.

Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0