Chilonzor tumani hokimiyati yangi binoga ko‘chib o‘tdi

© Press slujba xokimiyata Chilanzarskogo rayonaNovoe zdanie Chilanzarskogo xokimiyata
Novoe zdanie Chilanzarskogo xokimiyata - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur  bino qurilishi ishlari o‘tgan yili kuzda boshlangandi.

TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. Bugun 6-iyul kuni Chilonzor tuman hokimiyatining yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tuman hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi bino 3 qavatdan iborat bo‘lib, 1- va 2-qavatlariga  Chilonzor tuman “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Chilonzor tuman Kengashi, Chilonzor tuman Oila ilmiy-tadqiqot markazi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Chilonzor tuman Kengashi joylashdi.

Chilonzor tuman hokimiyati va Yoshlar  Ittifoqi ko‘magi ostida “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi doirasida ochilgan “Chilanzar”kovorking markazi 3-qavatga joylashdi.

Hokimiyat binosining yon-atroflari obodonlashtirilib, aholi uchun barcha qulayliklar yaratildi.

Kun yakunida event-hududda Marketing klubi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur  bino qurilishi ishlari o‘tgan yili kuzda boshlangandi.

 

Yangiliklar lentasi
0