Portugaliya parlamenti korridani taqiqlamadi

© REUTERS / Susana VeraAksiya protesta v ispanskoy Pamplone protiv jestokogo obrasheniya s jivotnimi nakanune prazdnika San-Fermin
Aksiya protesta v ispanskoy Pamplone protiv jestokogo obrasheniya s jivotnimi nakanune prazdnika San-Fermin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda chiqishi vaqtida deputat Silva qolgan xalq noiblarini "aksariyatingizda iqtisodiy manfaatlar axloq tushunchasidan ustun kelmoqda", deya ayblagan

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Portugaliya parlamenti juma kuni korridani taqiqlash to‘g‘risidagi qonunga qarshi ovoz berdi.

Neskolko tisach oves proshli po ulitsam Madrida - Sputnik O‘zbekiston
Madridda qo‘ylar namoyishga chiqdi
Tegishli qonunchilik loyihasi Odamlar, hayvonlar va tabiat partiyasi deputati Andre Silva tomonidan taqdim etilgan edi. Silva qonunchilik organida ushbu siyosiy kuchning yagona vakili bo‘lib, u an’analar "hayvonlarning erkinligi, hayoti va jismoniy hamda ruhiy daxlsizligidan ustun bo‘la olmasligi"ni himoya qilib keladi.

Korridani taqiqlash uchun 230 deputatdan atigi 31 nafari ovoz bergan.

Yig‘ilishda chiqishi vaqtida Silva xalq noiblarini "aksariyatingizda iqtisodiy manfaatlar axloq tushunchasidan ustun kelmoqda", deya ayblagan.

Ispaniyadan farqli o‘laroq, Portugaliya korridasida 19-asrning o‘rtalaridan boshlab xo‘kizni sahnada o‘ldirish taqiqlangan, ammo spektakldan so‘ng hayvon baribir o‘ldiriladi.

Yangiliklar lentasi
0