Rossiyada ishlaydiganlarning mehnat staji O‘zbekistonda ham o‘tadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie vozvrashayutsya k rabote posle obedennogo pereriva
Inostrannie rabochie vozvrashayutsya k rabote posle obedennogo pereriva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil 1-avgustdan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan eng kam ish xaqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini ixtiyoriy ravishda to‘lash tartibi joriy etiladi

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorida xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolarning ish stajlari O‘zbekistonda hisobga olinishi tartibi belgilangan, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Passajiri na poyezd Moskva-Dushanbe zagrujayut svoy bagaj, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xususiy kompaniyalarga fuqarolarni chet elga ishga jo‘natish huquqi berildi

Hujjatda qayd etilishicha, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga eng kam ish xaqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini ixtiyoriy ravishda to‘lash tartibi joriy etiladi, bunda to‘lovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qo‘shiladi.

Shuningdek, 2018-yil 1-avgustdan xususiy mehnat shartnomalari bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tish taomilini joriy etgan holda, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0