TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. "O‘zbekkonsert" DM to‘ylarga boradigan san’atkorlarning imtiyozli narxga ega ro‘yxatini shakllantirdi.
Osh tadbirlari va to‘y, yubileylarni o‘tkazish uchun 2 yo‘nalishda san’atkorlar guruhi shakllantirildi.
"Bundan ko‘zlangan asosiy sabab to‘ylarni ixchamlashtirish va xalqimizga yengillik yaratishdan iborat. San’atkorlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat narxlari imtiyozli bo‘lib, masalan, osh tadbirlarini o‘tkazish 500 mingdan 800 minggacha, to‘y va yubiley tadbirlarini o‘tkazish esa 800 ming so‘mdan 1,5 million so‘mgacha belgilab qo‘yilgan. Bu xalqimizning sharoitidan kelib chiqqan holda, ularga har tomonlama yengillik yaratish maqsadida joriy etilgan narxlardir", — deyilgan "O‘zbekkonsert" DM xabarida.
Xabarda aytilishicha, Toshkent shahridagi Olmazor tumanidagi FHDYo bo‘limida tajriba asosida shuni boshladiki, endilikda qonuniy nikohdan o‘tgan kelin-kuyovlar o‘sha yerning o‘zida ro‘yxatda ko‘rsatilgan san’atkorlarni tanlab, ularga buyurtma qilishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun maxsus stendlar tashkil etilmoqda.