TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Hukumatning 2018-yil 30-iyundagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi nobiometrik pasportining amal qilish muddati:
— mamlakat hududida 2019-yil 31-dekabrga qadar;
— chet el hududida nobiometrik pasportning amal qilish muddatiga qadar uzaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram kanali xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent shahar IIBB ushbu yilning 1-iyulidan boshlab eski turdagi biometrik bo‘lmagan pasportlarning amal qilishi to‘xtatilishi haqida ogohlantirilgandi.
2011 yil oktabr oyida O‘zbekistonda 1994-yilda kiritilgan pasportlarni yangi biometrik pasportlarga almashtirishga kirishilgandi.
2014 yil 1-iyuldan Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq O‘zbekiston fuqarolari xorijiy mamlakatlarga faqat biometrik pasportlar bilan chiqishmoqda.