TOShKENT, 4-iyul - Sputnik. O‘zbekistonga Eron va Turkmaniston tomonidan o‘ta issiq ob-havo oqimi yaqinlashmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet.
"7-10 iyul kunlari Respublika hududida g‘ayritabiiy issiq ob-havo kelishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha havo haroratidan 5 - 7 daraja issiq bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo 44-45 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Garmsil shamoli bo‘lishi mumkin.
Issiq harorat tufayli Tojikiston va Qirg‘iziston respublikasiga yaqin bo‘lgan tog‘li hududlarda sel oqimi kelish ehtimoli bor.