O‘zbekistonda xalqaro internet kanallariga ulanish tezligi 1,5 barobar oshdi

© findaPolzovatel za rabotoy
Polzovatel za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro internet kanallariga ulanish tezligi coniyasiga 140,034 Gbit.ga yetgan.

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda xalqaro internet kanallariga ulanish tezligi coniyasiga 140,034 Gbit.ga yetdi. Bu raqamlar 2-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmedxo‘jayev raisligida vazirlik Hay’at kengashining yig‘ilishida ma’lum qilindi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, yig‘ilishda 2018-yilning birinchi yarim yilligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish holati, shuningdek sohaga xorijiy sarmoyalarning jalb etilishi va investitsion loyihalarning amalga oshirilishi sarhisob qilindi.

Sohada xizmat ko‘rsatish ko‘lami o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 118,9 foizga oshgan. Xalqaro internet kanallariga ulanish tezligi coniyasiga 140,034 Gbit.ga yetgan. Ya’ni, 2018-yilning boshiga nisbatan 1,5 barobar oshgan (yil boshida 94,034 Gbit/s).

Shuning bilan birga, internet provayderlar uchun xalqaro internet kanallariga ulanish narxi o‘zgarishsiz qolgan — 244 985 so‘mni tashkil qilmoqda.

Kelgusida xalqaro internet kanallarining o‘tkazuvchanligini 8-10 barovarga (sekundiga 1 Tbit) yetkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0