TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Toshkentda tajriba tariqasida dehqon bozorlardagi savdo joylarni onlayn-auksion orqali taqdim etish tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda umumiy muhokamaga qo‘yilgan huqumat qaror loyihasida belgilangan.
Hujjatda aytilishicha, 2019-yil 1-apreldan dehqon bozorlaridagi savdo joylar faqat onlayn-auksion E-IJRO AUKSION elektron savdo maydonchasida olish mumkin bo‘ladi.
Ushbu tajriba 2019-yil 15-iyulgacha amalga oshiriladi. Undan keyin Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan loyihani butun respublika dehqon bozorlarida amalga oshirish bo‘yicha taklif kiritish kerak bo‘ladi.
Loyiha doirasida Markaziy bank va "Toshbozorsavdo" uyushmasi shahardagi dehqon bozorlari faoliyatini shaffofligini ta’minlashi talab etiladi. Buning uchun barcha bozorlarda band yoki bo‘sh bo‘lgan savdo joylar to‘g‘risida ma’lumotlarni ko‘rsatib turuvchi monitorlar o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, savdo joylarini hisobga olish bo‘yicha maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqish rejalashtirilgan. 2019-yil 1-yanvargacha dehqon bozor ma’muriyati uchun tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish bo‘yicha axborot tizimini ishlab chiqish zarur.