Shavkat Mirziyoyev Mediatsiya to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

© pixabayMolotok
Molotok  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda nizolarni o‘zaro kelishuv asosida, sudga yetkazmasdan hal qilish mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 4-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-iyul kuni "Mediatsiya to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda UzA.

Mediatsiya o‘zi nima?

“Mediatsiya - kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli” , - deyilgan qonun matnida.

Oddiy qilib aytganda, mediatsiya – bu nizolarni tomonlarnig o‘zaro kelishuvi asosida, sudga yetkazmasdan hal etish uslubidir.

Mediatsiya qanday hollarda qo‘llanilishi mumkin?

Qonunda aytilishiga ko‘ra, nizolarni mediatsiya uslubida hal qilish uslubi, fuqarolik munosabatlari, tadbirkorlik faoliyati, mehnat nizolari va oilaviy munosabatlar sohalarida huquqiy munosabatlar buzilganda qo‘llanilishi mumkin.

Uchinchi shaxslar huquqlariga, jamoat manfaatiga ta’sir qiladigan nizolarga nisbatan mediatsiya qo‘llanilmaydi.

Mediatsiyaning asosiy prinsiplari

Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.

Mediatsiya haqidagi qonun 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0