Toshkentdagi Rohat aylanma yo‘li 5 qatorli zamonaviy chorrahaga aylantiriladi

© Xokimiyat TashkentaStroitelstvo krugovoy dorogi Raxat v g. Tashkent
Stroitelstvo krugovoy dorogi Raxat v g. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxtga eng ko‘p transport qatnovi Rohat aylanma yo‘li orqali amalga oshirilishi kuzatilgan.

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Toshkent shahar hokimligining tashabbusi bilan Rohat chorrahasida yuzaga kelayotgan noqulayliklar 3 kun ichida bartaraf etilib, 5 yo‘lakli aylanma yo‘l zamonaviy chorraha qiyofasiga keltiriladi, deb xabar qildi hokimlik axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, ma’lumotlarga ko‘ra bir kunda Toshkent shahriga viloyatlardan 4 mingdan ortiq avtoulovlar kirib keladi hamda chiqadi. Poytaxtga eng ko‘p transport qatnovi Rohat aylanma yo‘li orqali amalga oshirilishi kuzatilgan.

© Xokimiyat TashkentaStroitelstvo krugovoy dorogi Raxat v g. Tashkent
Toshkentdagi Rohat aylanma yo‘li 5 qatorli zamonaviy chorrahaga aylantiriladi - Sputnik O‘zbekiston
Stroitelstvo krugovoy dorogi Raxat v g. Tashkent

Ushbu aylanma yo‘lda ko‘plab tirbadliklar yuzaga kelar edi. Buning asosiy sababi esa yo‘lning 3 yo‘lakdan iborat bo‘lganligi va poytaxtga tashrif buyuruvchilar hamda mehmonlarning soni yildan yilga oshib boratganligidadir.

Toshkent shahar hokimligining tashabbusi bilan tirbadliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilib keng ko‘lamdagi qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.Ushbu ishlar natijasida Rohat chorrahasida yuzaga kelayotgan noqulayliklar 3 kun ichida bartaraf etilib 5 yo‘lakli aylanma yo‘l zamonaviy chorraxa qiyofasiga keltiriladi.

© Xokimiyat TashkentaStroitelstvo krugovoy dorogi Raxat v g. Tashkent
Toshkentdagi Rohat aylanma yo‘li 5 qatorli zamonaviy chorrahaga aylantiriladi - Sputnik O‘zbekiston
Stroitelstvo krugovoy dorogi Raxat v g. Tashkent

Albatta amalga oshirilayotgan ushbu qurilish ishlari avvalgilarining davomi sifatida yo‘llarning 5 yo‘lakli aylanma yo‘liga aylanishi, poytaxtga tashrif buyurayotgan mehmonlarga o‘zgacha sovg‘a bo‘ladi.

Zamonaviy shaharsozlik, yo‘l qurilishi va yuqori sifatli texnologiyalar asosida barpo etilayotgan Rohat chorrahasida ish jarayoni qizg‘in tarzda olib borilmoqda. Yo‘l chetidagi beton to‘siqlar yangi zamonaviylarga o‘zgartirilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi vaqtinchalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun shahar aholisi hamda mehmonlaridan uzr so‘radi.

Yangiliklar lentasi
0