Musulmonlar idorasi turfirma ochdi

Obuna bo‘lish
“Muslim-tour” turistik firmasi mahalliy va xorijiy fuqarlarni mamlakat ichidagi va tashqarisidagi muqaddas joylarga tashriflarini uyushtirish bilan shug‘ullanadi.

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlar idorasi o‘z turfirma ta’sis etdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

“O‘zbekiston Musulmonlar idorasi huzuridagi “Muslim-tour” nomli turistik firmaning faoliyati mahalliy va xorijiy fuqarlarni mamlakat ichidagi va tashqarisidagi muqaddas joylarga tashriflarini uyushtirish, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish va musulmon dunyosida O‘zbekiston obro‘sini oshirishga qaratilgan”, — deyilgan xabarda.

Davlat Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan “Muslim-tour” turistik agentligiga ichki va tashqi turistik faoliyat bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi litsenziya berilgan.

Yangiliklar lentasi
0