TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati tizimida navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, tizimdagi ikki boshqarmaga yangi boshliqlar tayinlandi:
Podpolkovnik Akramov Dilshod Baxtiyorovich — O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi;
Polkovnik Mavlyanov Shavkat Tohirovich — O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.