UzCard Milliy bankning mobil ilovasini vaqtincha o‘chirdi

© Flickr / Esther VargasMobilnoe prilojenie Vine
Mobilnoe prilojenie Vine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xavfsizlik talablariga javob bermagani uchun UzCard Milliy bankning mobil ilovasini vaqtincha o‘chirdi.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Respublika yagona protsessing markazi O‘zbekiston Milliy bankining “Milliy” mobili ilovasini vaqtincha o‘chirdi, deb xabar qilmoqla Uzcard.

“Xavfsizlik talablariga javob berilmagani hamda YeOPS tomonidan to‘lov tizimlarni protsessing markaziga ulanishi, faoliyat yuritishi bo‘yicha reglamentga rioya qilinmagani bois, ushbu mobil ilovasi vaqtincha to‘xtatilgan”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, xabarda aytilishiga ko‘ra, ko‘rsatilgan muammolar bartaraf etilganidan keyin mobil ilova yana qayta ishga tushadi.  

Eslatib o‘tamiz, Milliy bankning Milly mobil ilovasi O‘zbekistonda birinchi bank xizmatlari ko‘rsatuvchi mobil ilovalardan edi. Uning yordamida mablag‘larni kartadan kartaga o‘tkazish, mobil aloqa, internet, TV, kommunal va boshqa xizmatlar haqini to‘lash imkoni bor edi.

Yangiliklar lentasi
0