Spark va Nexia Rossiyada sotilayotgan eng arzon inomarkalar bo‘ldi

© nexia-ravon.ruRavon Nexia R3
Ravon Nexia R3 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki o‘zbek avtomobili bir necha oydan beri Rossiyada sotilayotgan eng arzon avtomobillar reytingida yetakchilik qilmoqda.

TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Rossiyada har oy tuziladigan eng arzon avtomobillar reytingida ikki o‘zbek avtomobili bir necha oydan beri yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda, deb yozmoqda Daily-Motor nashri.  

Reytingda birinchi o‘rinda kichik litrajli avtomobil Ravon R2, boshlang‘ich narxi 439 ming rubl. Avtomobil 85 ot kuchiga ega bo‘lgan dvigatel va avtomat korobka bilan jihozlangan.

Avtomobil Ravon R4 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Ravon brendi ostidagi avtomobillar sotuvi boshlandi

Ikkinchi o‘rinda – Ravon Nexia – ot 449 ming rubl. Eng oddiy modifikatsiyada 1,5 litrli dvigatel bilan jihozlangan.

Uchinchi o‘rinda – Xitoyning Brilliance H230 nomli avtomobili - 460 ming rubl.  Ushbu narxda dvigatel hajmi 1,5 litr bo‘lgan “mexanika” korobkali avtomobil taklif qilingan.

To‘rtinchi o‘rinda Rossiyada ishlab chiqarilayotgan Datsun on-DO avtomobili. Eng oddiy komplektatsiya 461 ming rubl, benzinli dvigatel va “mexanika” korobka bilan sotilmoqda.

Beshinchi o‘rinda Xitoyning FAW Oley nomli sedani. 491 ming rublga haridorga 102 ot kuchiga ega bo‘lgan avtomobil “mexanika” korobka bilan taklif qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0